EYUF Admission
Diqqat! Hujjat topshirish yakunlandi. Onlayn hujjat topshirish bo‘yicha murojaatlarni @Eyuf_Admission_Bot telegram botga yuborishingiz mumkin.

Xorijiy ta'lim dasturlari kesimida hujjat topshirgan nomzodlar

Bakalavriat ta'lim dasturi

1728
Hujjat topshirildi

Magistratura ta'lim dasturi

1371
Hujjat topshirildi

Doktorantura ta'lim dasturi

711
Hujjat topshirildi

Tanlov o'tkazish yo'nalishlari bo'yicha topshirilgan hujjatlar statistikasi

Yo'nalishlar nomi Topshirilgan hujjatlar Ko'rib chiqilganlar Qabul qilinganlar
1 Davlat va jamiyat boshqaruvi
2
53
1.1 Bakalavriat
284
0
28
1.2 Magistratura
303
1
24
1.3 Doktorantura
65
1
1
2 Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi
2
10
2.1 Bakalavriat
122
2
2
2.2 Magistratura
94
0
8
2.3 Doktorantura
28
0
0
3 Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari
8
66
3.1 Bakalavriat
752
3
40
3.2 Magistratura
648
3
17
3.3 Doktorantura
513
2
9
4 Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari
3
67
4.1 Bakalavriat
570
2
46
4.2 Magistratura
326
1
21
4.3 Doktorantura
105
0
0

E'LONLAR

Jamg'arma 350 o'ringa mo'ljallangan stipendiya
01.04.2021
Ushbu stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilish 2021 yil 1 apreldan 1 mayga qadar davom etadi.

Eng ko'p beriladigan savollar

Jamg'arma stipendiya tanlovlarida kimlar ishtirok eta oladi?

Tanlovlarda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:

Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha taʼlim olishda faqat Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnasha oladi.

Doktorantura dasturlari boʻyicha:

• 22-45 yosh oraligʻida boʻlgan;

• Ilgari xorijda PhD yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlmaganlar;

• Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yil mehnat tajribasiga ega boʻlganlar (oliy ta’lim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno).

Magistratura dasturlari boʻyicha:

• 20-40 yosh oraligʻida boʻlgan;

• Ilgari oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda magistratura dasturlarida tahsil olmagan;

• Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yil mehnat tajribasiga ega boʻlganlar (oliy ta’lim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno).

Bakalavriat dasturlari boʻyicha:

• 25 yoshgacha boʻlgan;

• Ilgari oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda bakalavriat dasturlarida tahsil olmagan.

Qаndаy hujjаtlаr tаlаb etilаdi?

Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari bo’yicha ta’lab etiladigan hujjatlar Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda keltirilgan.

Hujjаtlаrni topshirish muddаti qаchongаchа?

Hujjatlarni 2021 yil 1 apreldan 1 mayga qadar onlayn platforma orqali topshiriladi.

Tаnlov oʼtkаzish tаrtibi qаndаy?

Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich hujjatlarni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida qabul qilish, tahlil qilish va roʼyxatga olishni koʼzda tutadi.

2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda taʼlim olishdan koʼzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarni Oʼzbekistonda qoʼllash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi boʼyicha bilim va koʼnikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat oʼtkazilishi koʼzda tutiladi.

Jamgʼarmaning Vasiylik kengashi nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qoʼshimcha test sinovi oʼtkazish boʼyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.

Jamgʼarma Vasiylik kengashining Jamgʼarma taʼlim dasturlari boʼyicha oʼtkazilgan saralash tanlovi natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlov oʼtkazilgandan soʼng bir oy muddat ichida eʼlon qilinadi.

Ochiq saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlarga Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan shakldagi sertifikatlar topshiriladi.

Xorijiy tа'lim muаssаsаlаri qаndаy tаnlаnаdi?

Xorijda taʼlim olish uchun taʼlim muassasalari qoida tariqasida, THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), The U. S. News and World Report (Best Global University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʼor 300 ta (yoki tanlab olingan fan boʼyicha yetakchi 100 ta) taʼlim va ilmiy muassasalar roʼyxatidan joy olgan xorijiy taʼlim, ilmiy hamda boshqa muassasalar ichidan tanlab olinadi.

Jаmgʼаrmа tomonidаn qаndаy xаrаjаtlаr qoplаb berilаdi?

Ochiq saralash tanlovidan oʼtgan shaxslar (keyingi oʼrinlarda - Stipendiatlar)ga xorijda taʼlim olish maqsadida quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

Xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar hamda boshqa tashkilotlarda Stipendiatlarning bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada oʼqishi qiymati toʼlovi;

Stipendiatlar tomonidan vizalar olish;

Stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan taʼlim olish joyigacha boʼlgan yoʼlkira xarajatlari (ikkala tomonga, koʼpi bilan yiliga bir marta);

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;

Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish;

Xorijda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarni tibbiy sugʼurtalash;

Jamgʼarma Vasiylik kengashi qaroriga koʼra Stipendiatlarning xorijda taʼlim olishi bilan bevosita bogʼliq boshqa xarajatlari.

Har bir taʼlim dasturi boʼyicha bitta Stipendiatga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdori Jamgʼarmaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.

Qora fon