Xorijiy ta‘lim dasturlari kesimida hujjat topshirgan nomzodlar
Bakalavriat
Magistratura
Doktorantura
Tanlov o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan hujjatlar statistikasi
№ | Yo‘nalishlar nomi | Topshirilgan hujjatlar | Ko‘rib chiqilganlar | Qabul qilinganlar |
---|---|---|---|---|
1 | Davlat va jamiyat boshqaruvi |
0
|
308
|
|
1.1 | Bakalavriat |
696 |
0 |
251 |
1.2 | Magistratura |
332 |
0 |
52 |
1.3 | Doktorantura |
92 |
0 |
5 |
2 | Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi |
0
|
108
|
|
2.1 | Bakalavriat |
169 |
0 |
80 |
2.2 | Magistratura |
81 |
0 |
27 |
2.3 | Doktorantura |
11 |
0 |
1 |
3 | Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari |
0
|
432
|
|
3.1 | Bakalavriat |
710 |
0 |
196 |
3.2 | Magistratura |
716 |
0 |
202 |
3.3 | Doktorantura |
318 |
0 |
34 |
4 | Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari |
0
|
267
|
|
4.1 | Bakalavriat |
615 |
0 |
205 |
4.2 | Magistratura |
223 |
0 |
57 |
4.3 | Doktorantura |
54 |
0 |
5 |
E‘LONLAR
Eng ko‘p beriladigan savollar
Tanlovlarda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:
Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha taʼlim olishda faqat Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnasha oladi.
Doktorantura dasturlari boʻyicha:
• 22-45 yosh oraligʻida boʻlgan;
• Ilgari xorijda PhD yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlmaganlar;
• Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yil mehnat tajribasiga ega boʻlganlar (oliy ta’lim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno).
Magistratura dasturlari boʻyicha:
• 20-45 yosh oraligʻida boʻlgan;
• Ilgari oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda magistratura dasturlarida tahsil olmagan;
• Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yil mehnat tajribasiga ega boʻlganlar (oliy ta’lim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno).
Bakalavriat dasturlari boʻyicha:
• 25 yoshgacha boʻlgan;
• Ilgari oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda bakalavriat dasturlarida tahsil olmagan.
Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari bo’yicha ta’lab etiladigan hujjatlar Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda keltirilgan.
Hujjatlarni 2024 yil 25 iyundan 25 iyulga qadar onlayn platforma orqali topshiriladi.
Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich hujjatlarni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida qabul qilish, tahlil qilish va roʼyxatga olishni koʼzda tutadi.
2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda taʼlim olishdan koʼzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarni Oʼzbekistonda qoʼllash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi boʼyicha bilim va koʼnikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat oʼtkazilishi koʼzda tutiladi.
Jamgʼarmaning Vasiylik kengashi nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qoʼshimcha test sinovi oʼtkazish boʼyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Jamgʼarma Vasiylik kengashining Jamgʼarma taʼlim dasturlari boʼyicha oʼtkazilgan saralash tanlovi natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlov oʼtkazilgandan soʼng bir oy muddat ichida eʼlon qilinadi.
Ochiq saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlarga Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan shakldagi sertifikatlar topshiriladi.
Xorijda taʼlim olish uchun taʼlim muassasalari qoida tariqasida, THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), The U. S. News and World Report (Best Global University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʼor 300 ta (yoki tanlab olingan fan boʼyicha yetakchi 100 ta) taʼlim va ilmiy muassasalar roʼyxatidan joy olgan xorijiy taʼlim, ilmiy hamda boshqa muassasalar ichidan tanlab olinadi.
Ochiq saralash tanlovidan oʼtgan shaxslar (keyingi oʼrinlarda - Stipendiatlar)ga xorijda taʼlim olish maqsadida quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:
Xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar hamda boshqa tashkilotlarda Stipendiatlarning bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada oʼqishi qiymati toʼlovi;
Stipendiatlar tomonidan vizalar olish;
Stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan taʼlim olish joyigacha boʼlgan yoʼlkira xarajatlari (ikkala tomonga, koʼpi bilan yiliga bir marta);
Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;
Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish;
Xorijda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarni tibbiy sugʼurtalash;
Jamgʼarma Vasiylik kengashi qaroriga koʼra Stipendiatlarning xorijda taʼlim olishi bilan bevosita bogʼliq boshqa xarajatlari.
Har bir taʼlim dasturi boʼyicha bitta Stipendiatga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdori Jamgʼarmaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.